Bu homiladorlikkacha bizning uchta farzandimiz bor va to‘rtinchi bolani hali rejalashtirmagan edik. Bu men va u uchun zarba bo‘ldi. Dugonamning maslahati bilan, men klinikani tanladim, u yerga qo‘ng‘iroq qildim, ular meni hech qanday muammosiz ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Bularning barchasi shu qadar tez sodir bo‘ldiki, men hamma narsani o‘lchashga ham ulgurmadim.
Kech kirib, o‘ylarim bilan yolg‘iz qolganimda, men bu tabletkalarni qabul qilganimdan beri ancha vaqt o‘tdi, ular allaqachon ta’sir qila boshlagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylay boshladim va shu asnoda men iliq to‘shakda maza qilibyotgan vaqtimda bu tabletkalar mening chaqalog‘imni o‘ldirayotganini xayolimdan kechirdim. Balki o‘ldirib bo‘lishgandir ham.
Bolamga juda rahmim kelib ketdi. Men yotganim, hech narsa qila olmasligimni va shu daqiqalarda begunoh bola o‘layotganini tushundim. Hayotda qiyinchiliklarga duch kelganimiz uning aybi emasku. U men va erimning aybi bilan paydo bo‘ldi va nima uchun qandaydir muammolar tufayli u yashamasligi kerak? Juda ezilib ketdim. Ich-ichimdan ezilib Internetga kirdim, hech qanday umidsiz, Yandexda bu oqibatlarning oldini olish imkoniyatlarini.
Parallel tarzda, ginekolog shifokorlarga ham murojaat qildim. Ularning barchasi, menga hech narsani to‘xtatib bo‘lmasligini bir ovozdan ta’kidlashar edi. Men “Fikrimni o‘zgartirdimnuqta ru” saytini topdim. U yerda usullar haqida hikoya qilinar ekan… Df ularda VK ijtimoiy tarmog‘iga havola ham bor ekan. Men ularning guruhiga o‘tdim. U, MA deb atalar ekan. U yerda juda ko‘p ma;lumotlarni o‘rganib chiqdim. Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu guruhning kuratori, Annaga yozdim. Unga holatni tushuntirdim. U butun homiladorligim lavomida menga yordam berdi.
Men dorini icha boshladim, va birinchi tabletkani qabul qilganimdan so‘ng deyarli sutka o‘tdi. Men darhol dorixonaga yugurdim, keyin Annaga nimalarni qabul qilganimni yozdim. U meni hamma narsani to‘g‘ri qilayotganligimni aytdi.
Bolaning tirikligi, o‘sib borayotganini ko‘rib, hech bo‘lmaganda shu bosqichga yetib kelganimdan katta xursandchilikni his qildim. Hamma narsani to‘g‘ri qilayotganligimni, yomon narsaning oldini olishga muvaffaq bo‘lganligimni tushundim. Bola tirik, bu tabletkalar unga ta‘sir qilmagan, u rivojlanishda davom etayapti.
Xayriyatki bola, barcha qo‘rquvlarga qaramay, mutlaqo sog‘lom tug‘ildi.
Yil davomida, men uni tug‘ishga qaror qilganim, o‘zimga yana ona bo‘lish imkoniyatini berganimdan afsuslanmadim. Men bu bolani juda yaxshi ko‘raman. U meni o‘zimdan 100 marta baxtli qilgani uchun undan juda minnatdorman.

 Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan


TIBBIY ABORTNI TO‘XTATISH USULI

MEN QANDAY QILIB MIFEPRISTON ICHDIM VA YANA FIKRIMNI O‘ZGARTIRDIM

Яндекс.Метрика